Qayd etilishicha, shu yilning 30-may kuni taxminan soat 18.00 da Mirobod tumanida Amir Temur koʻchasidagi savdo doʻkonlardan birining tom qismiga 2014-yilda tugʻilgan N.A. ukasining oʻyinchogʻini olib tushish uchun narvon yordamida chiqqan.
Maʼlumotlarga koʻra, qizcha qaytib tushayotgan vaqtida tom qismiga yaqin joydan oʻtuvchi elektr tokini ushlab olgan va tok urishi natijasida voqea joyida vafot etgan.
Hozirda mazkur holat yuzasidan Mirobod tuman IIO FMB huzuridagi Tergov boʻlimi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 257-moddasi 2-qismi “a” bandi (“Mehnatni muhofaza qilish qoidalarini buzish, odam oʻlishiga sabab boʻlsa”) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan. Tergov harakatlari davom etmoqda.









