Qayd etilishicha, Oʻzbekiston musulmonlari idorasi Ulamolar kengashining Qurbon hayiti kuni 6-iyunga toʻgʻri kelishi haqidagi qarorini inobatga olib, 2025-yilning 06-iyun kuni poytaxtimizdagi 122 ta masjidda hayit namozi oʻqilishi kutilmoqda.

Hayit namozini yuqori saviyada va tartibli oʻtkazish, fuqarolarga zarur shart-sharoit yaratish va ularning xavfsizligini taʼminlash maqsadida 6-iyun soat 00:00 dan 08.00 gacha poytaxtning quyidagi koʻchalari va yoʻllarida avtotransport vositalarining harakati vaqtincha cheklanadi.

Mirzo Ulugʻbek tumani

— “Toʻra buva” masjidi oldidagi Buyuk Ipak yoʻli koʻchasi – Shoʻrtepa koʻchasidan, Buyuk Ipak yoʻli – Sultoniya koʻchasigacha.

Bektemir tumani

— “Xoʻton” masjidi oldidagi Bektemir shoh koʻchasi – Xusayn Boyqaro koʻchasidan , Bektemir yoʻli koʻchasigacha.

Olmazor tumani

— “Islomobod” masjidi oldidagi KXAY koʻchasi, KXAY – Sagʻbon koʻchalari chorrahasidan, Nurafshon – Sagʻbon koʻchalari chorrahasigacha.
— “Hazrati imom” masjidi oldidagi Qorasaroy koʻchasi, Qorasaroy – Nurafshon koʻchalari chorrahasidan, Qorasaroy – Abdulla Qodiriy koʻchalari chorrahasigacha.
— “Doʻstjonboy” masjidi oldidagi Sagʻbon – Sagʻbon 12-tor koʻchalari kesishmasidan, Keles yoʻli – Noraztepa koʻchalari chorrahasigacha.

Shayxontohur tumani

— “Shayx Zayniddin” masjidi oldidagi Koʻkcha Darvoza – Nurafshon koʻchalari chorrahasidan, Koʻkcha Darvoza – Beshqayragʻoch koʻchalari chorrahasigacha.
— “Xoʻja Allambardor” masjidi oldidagi Bunyodkor – Kamolon koʻchalari chorrahasidan, Kamolon – Ustazoda 2-tor koʻchalari chorrahasigacha.
— “Kox ota” masjidi oldidagi Sebzor koʻchasi, Nurafshon – Sebzor koʻchalari chorrahasidan, Nurafshon – Labzak koʻchalari chorrahasigacha.

Chilonzor tumani

— “Ubay ibn Kaʼb” masjidi oldidagi Al Xorazmiy koʻchasi, Al Xorazmiy – Xirmontepa koʻchalari chorrahasidan, Al Xorazmiy – Katta qani chorrahasigacha.
— “Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf” masjidi oldidagi Soʻgalli ota koʻchasi, Al Xorazmiy – Soʻgalli ota koʻchalari kesishmasidan, Xonabod 2-berk koʻchasidan – Soʻgalli ota koʻchasigacha.
— “Novza” masjidi oldidagi Bunyodkor – Muqimiy koʻchalari kesishgan koʻprik ostidan, Oliy Majlis binosi qarshisigacha

Uchtepa tumani

— “Abdulloh ibn Maʼsud” masjidi oldidagi Lutfiy koʻchasi, Lutfiy – Xirmontepa koʻchalari chorrahasidan, Lutfiy – Katta qaʼni koʻchalari chorrahasigacha.
— “Hazrati Ali” masjidi oldidagi Nazarbek – Mahorat koʻchalari chorrahasidan, Nazarbek – Zamaxshariy 1-tor koʻchalari chorrahasigacha.

Yunusobod tumani

— “Minor” masjidi oldidagi KXAY koʻchasi, KXAY – Koʻrgazma koʻchalari chorrahasidan, KXAY – Sh.Rashidov koʻchalari chorrahasigacha.
— “Mirzo Yusuf” masjidi oldidagi Bogʻishamol koʻchasidan, Shivli koʻchasigacha.

Yakkasaroy tumani

— “Usmon bin Maʼzun” masjidi oldidagi KXAY koʻchasi, KXAY – Qushbegi chorrahasidan, KXAY – Fayzli Toshkent koʻchalari chorrahasigacha.

Sergeli tumani

— “Nurul Islom” masjidi oldidagi TXAY – Fayzli Toshkent koʻchalari chorrahasidan, TXAY – Qumariq koʻchalari chorrahasigacha.

Yashnobod tumani

— “Islom ota” masjidi oldidagi Fargʻona yoʻli koʻchasi, Fargʻona yoʻli – Fitrat koʻchalari chorrahasidan, Fargʻona yoʻli – Tolimarjon koʻchalari chorrahasigacha.▪️ Mirobod tumani
— “Qoʻyliq ota” masjidi oldidagi TXAY koʻchasi – Qoʻyliq bozori koʻprik ostidan, TXAY – Munis koʻchalari chorrahasigacha cheklanadi.

Masjidlar joylashgan boshqa koʻchalarda ham avtotransport vositalarining harakati vaqtincha cheklanadi.

Eslatib oʻtamiz, fuqarolarga qulaylik yaratish maqsadida 6-iyun kuni Toshkent shahridagi jamoat transportlari yaʼni avtobus yoʻnalishlari va metropoliten soat 03:00 dan oʻz harakatini boshlaydi.