Bu haqda shahar IIBB YHXB xabar berdi.

Holat soat 11:00 larda Yashnobod tumani Maxtumquli koʻchasida yuz bergan. Unda Kamaz rusumli tirkamali yuk avtomashinasi hamda 14 ta yengil avtomashina (3 ta Cobalt, 2 ta BYD, 1 ta Tracker 2, 1 ta Spark, 1 ta Damas, 1 ta Nexia 2, 1 ta Nexia 3, 1ta Cherry, 3 ta Lacetti) oʻzaro toʻqnashib ketgan.

YTH oqibatida 2 nafar fuqaroga tez tibbiy yordam xodimlari tomonidan birinchi yordam koʻrsatilgan.

Holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB masʼul xodimlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.