Qayd etilishicha, “K.Y.” MCHJ masʼul shaxslari korxonaning ishlab chiqarish binosida oʻrnatilgan elektr hisoblagichiga tashqi taʼsir koʻrsatib, tijorat maqsadida 2 mln kVt/s elektr energiyasidan oʻgʻirlik yoʻli bilan foydalanib, davlat va jamiyat manfaatlariga 1,7 mlrd soʻm zarar yetkazgani aniqlandi.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (oʻgʻrilik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.