Maʼlumotlarga koʻra, 2008-yilda tugʻilgan B.J. (haydovchilik guvohnomasiga ega emas) davlat raqam belgisiz Spark avtomashinasini boshqarib kelayotganda, Bunyodkor koʻchasidan keskin burilib, oʻz yoʻnalishini Choʻpon ota koʻchasiga oʻzgartirgan.

Oqibatda u 1-qatorda harakatlanib kelayotgan YPX xodimi boshqaruvidagi Lacetti xizmat avtomashinasiga borib urilgan.

YTH ishtirokchilariga joyida birinchi tibbiy yordam koʻrsatilgan. Ogʻir tan jarohat olganlar yoʻq.

Holat yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.