Ayrim ijtimoiy tarmoq faollari ushbu holatda qiz goʻyoki oʻgʻirlab ketilayotgani aytilgan. Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB Matbuot xizmati aniq va rasmiy maʼlumot berdi.
Qayd etilishicha, voqea shu yilning 7-iyul kuni taxminan soat 11.00 larda Mirzo Ulugʻbek tumani, Mustaqillik koʻchasida sodir boʻlgan. 2001-yilda tugʻilgan X.A. “Nexia” rusumli avtomashinani boshqarib ketayotib, oldindan tanishi boʻlgan 2006-yilda tugʻilgan B.J. bilan oʻzaro kelishmovchilik oqibatida tortishib qoladi.
Soʻng fuqaro B.J. harakatlanib ketayotgan avtomashina eshigini ochib, yoʻl qatnov qismiga sakragan. Shu hududda xizmat olib borayotgan tuman IIO FMB xodimlari zudlik bilan fuqaroga birinchi tibbiy yordam koʻrsatib, shifoxonaga olib borgan.
Birlamchi tibbiy maʼlumotga koʻra, fuqaroga “peshona va chap chap yonoq sohasi yumshoq toʻqimalari lat yeyishi hamda teri osti gematomasi” tashxisi qoʻyilgan.
Hozirda mazkur holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv oʻtkazilmoqda. Tekshiruv yakuni boʻyicha qonuniy qaror qabul qilinishi taʼminlanadi.








