Toshkentda 19 yoshli yigit pichoqlab ketildi

    Voqea-hodisalar 23 May 2025 967

    Hozirda mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

    Qayd etilishicha, shu yilning 22-may kuni taxminan soat 20.00 larda Olmazor tumani, “Chustiy” mahallasi hududida 2003-yilda tugʻilgan A.S. oʻzining tanishi 2006-yilda tugʻilgan S.Oʻ. bilan oʻzaro kelishmovchilik sababli tortishib qolgan va oʻzaro janjallashib ketgan.

    Maʼlumotlarga koʻra, janjal vaqtida fuqaro A.S. oʻtkir tigʻli jism bilan S.Oʻ. ga tan jarohati yetkazishi oqibatida jabrlanuvchi “Koʻkrak qafasi orqa sohasi chap tomon kesib sanchilgan jarohati” tashxisi bilan shifoxonaga joylashtirilgan.

    Hozirda holat yuzasidan Olmazor tumani IIO FMB huzuridagi Tergov boʻlimi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 105-moddasi 2-qismi “m” bandi (“Qasddan badanga oʻrtacha ogʻir shikast yetkazish — qurolni yoki sovuq qurol sifatida foydalanilishi mumkin boʻlgan ashyolarni ishlatib sodir etilishi“) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda. Tergov yakuni boʻyicha qonuniy qaror qabul qilinishi taʼminlanadi.