Toshkentda 2 ta issiqxona tabiiy gaz tarmogʻiga noqonuniy ulanib olgani aniqlandi

    Energetika 14 Fevral 2025 716

    Ushbu qoidabuzarliklar oqibatida dastlabki hisob-kitoblarga koʻra gaz taʼminoti korxonasiga 601,2 mln soʻmlik zarar yetkazilganligi maʼlum boʻldi.

    Qayd etilishicha, “Oʻzenergoinspeksiya“ Toshkent viloyat hududiy boshqarmasi va viloyat prokuraturasi hamkorligida oʻtkazilgan nazorat tadbirlarida Qibray tumani “Obod“ MFYda istiqomat qiluvchi fuqarolar R.M. va R.T.lar oʻz xonadonlarida issiqxonalar tashkil qilib, taʼminot korxonasi bilan shartnoma tuzmasdan tarmoqqa oʻzboshimchalik bilan ulanib, tabiiy gazdan noqonuniy foydalanganliklari aniqlandi.

    Mazkur holatlar yuzasidan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborildi.