баннер
18 Fev 2025
12:31

    Toshkentda 203 nafar fuqaro nomiga mashina olgan avtosalonchi qamaldi

    Toshkentda fuqarolarni aldab, ularning nomiga mashina olgan 6 nafar shaxsga sud hukmi oʻqildi.

    “Millar“ dasturining xabar berishicha, firibgarlar fuqarolarni aldab, 200 dollar evaziga ularning nomiga mashina rasmiylashtirib olgan.

    Maʼlumotlarga koʻra, sudlanuvchilar chet eldan mashina olib sotish masalasida MCHJ faoliyatini yoʻlga qoʻyib, bankdan jabrlanuvchilar nomiga mashina oldirib, 203 nafar fuqaroga turli miqdorda pul berib kelishgan. Umumiy zarar esa 62 mlrd soʻm deb hisoblanmoqda.

    Har oy pensiyamni yechib oladi, 200 dollar uchun imzo qoʻygandim, — deydi jabrlanuvchilardan biri.

    Sud hukmiga koʻra, sudlanuvchiga JKning 59-moddasi tartibida tayinlangan jazoni qisman qoʻshish yoʻli bilan, 9-yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.

    Telegram kanalimiz
    Text to speech