Toshkentda 2,7 mlrd soʻmlik gazni noqonuniy ishlatganlar aniqlandi

    “Hududgaz Poytaxt” tomonidan oʻtkazilgan reydda Bektemir tumanida bir fuqaro shartnomasiz holda konserva mahsulotlari tayyorlash uchun gazdan foydalanib kelgani maʼlum boʻldi.

    Dastlabki hisob-kitoblarga koʻra, davlat tizimiga 2 milliard 731 million soʻm zarar yetkazilgan. Holat yuzasidan dalolatnoma tuzilib, isteʼmolchi gaz tarmogʻidan uzildi.

    Barcha hujjatlar huquqni muhofaza qiluvchi organlarga topshiriladi.

    Nazorat tadbirlari poytaxtda davom etmoqda.