Toshkent shahar IIBB YHXB axborot xizmatining maʼlum qilishicha, YTH Toshkent shahrining Mirobod tumani, Shahrisabz koʻchasi “Comfort Elit“ doʻkoni qarshisida soat tungi 01:20 larda sodir boʻlgan.
Maʼlumotlarga koʻra, 2001-yilda tugʻilgan I.A. boshqaruvidagi “Ford Mustang” rusumli transport vositasi, 2003-yilda tugʻilgan X.T. boshqaruvidagi “Tracker-2” rusumli transport vositasi, haydovchi 2005-yilda tugʻilgan A.S. boshqaruvidagi “Onix” rusumli avtomashinalari oʻzaro toʻqnashgan.
YTH oqibatida, “Tracker-2” rusumli transport vositasi yoʻlovchisi 2008-tugʻilgan M.E. hamda haydovchisi tan jarohat olganligi sababli shifokorlar tomonidan birinchi tez tibbiy yordam koʻrsatilgan.
Hozirda holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB masʼul xodimlari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.