Toshkentda 4-dekabrda metallurgiya zavodi ishga tushadi

    Sanoat 3 Dekabr 2020 3703

    Yiliga 500 ming tonna metall ishlab chiqarish quvvatiga ega Toshkent metallurgiya zavodi 4-dekabrda ochiladi.

    Loyiha Oʻzbekiston va Rossiyaning “Metprom” qurilish guruhi tomonidan birgalikda Rossiyaning Eksport markazi koʻmagida amalga oshirildi.

    “Metprom” qurilish guruhi rahbari Andrey Deynekoning taʼkidlashicha, zavod qurilishi loyihasi “Metprom” qurilish guruhi tomonidan toʻliq tayyor holga keltirilgan. 325 million yevroga baholangan loyihaning yarmini Rossiya eksport markazi RES tarkibiga kiruvchi Roseksimbank kiritgan. Loyiha qiymatining qolgan qismini Oʻzbekiston tomonidan ishtirok etgan xususiy investor va Oʻzbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi teng boʻlib olgan.

    Uskuna va metallokonstruksiya bilan taʼminlash, shuningdek kadrlarni tayyorlashni ham Rossiya oʻz zimmasiga olgan.

    Ushbu zavod qurilishida 30 ga yaqin ishlab chiqaruvchilar va mingga yaqin

    kishi ish bilan taʼminlandi, deb xabar beradi TASS.