Maʼlum qilinishicha, Yunusobod tumanidagi 259-sonli umumtaʼlim maktabida 6-oktyabr kuni soat 11:10 larda dars jadvali asosida 6-“D” sinfida 4-soat jismoniy tarbiya darsi boʻlib oʻtgan.
Jismoniy tarbiya oʻqituvchisi M.K. yillik ish rejasiga asosan “Futbol amaliyoti. Toʻp bilan harakatlanish” mavzusida dars oʻtayotgan vaqtida shu sinf oʻquvchisi 12 yoshli M.S. koʻkrak qafasiga koptok tegishi natijasida hushini yoʻqotgan.
U zudlik bilan tumandagi 7-sonli klinik shifoxonasiga olib borilgan. Shifokorlar tomonidan tez tibbiy yordam koʻrsatilishiga qaramay, oʻquvchi M.S. vafot etgan.
Sud-tibbiyot ekspertizasining dastlabki xulosasiga koʻra, M.S.ga “Yurakning reflektor toʻxtashi, oʻtkir yurak-qon tomir va nafas yetishmovchiligi, bosh miya va oʻpka shishi. Yurak gipertrofiyasi. Yurak tugʻma nuqsoni” tashxisi qoʻyilgan.