Toshkent tibbiyot akademiyasi rektori, professor A.SHodmonov konferentsiya ishtirokchilarini anjuman bilan tabriklab, uning ishiga muvaffaqiyat tiladi.

Konferentsiyada barcha mamlakat tibbiyot oliygohi   talabalari eng dolzarb mavzudagi   ma'ruzalari bilan ishtirok etdi.

Toshkent tibbiyot akademiyasi davolash fakul`teti  4-bosqich talabasi Akbar Sobirovning ”Tuberkulyoz mikrobakteriyasini yangicha uslubda aniqlash”, 2-bosqich talabasi Nigina  Dadaevning “Fertel yoshdagi ayollarning pandemiya sharoitidagi salomatligi muammolari, 5-bosqich talabasi elnora SHomuhammedovaning “Tarqoq sklerozda nevrologik etishmovchiliklar og'irligini aniqlash”  mavzusidagi ma'ruzalari xalqaro konferentsiya ishtirokchilari e'tiborini tortdi.

Ushbu xalqaro anjumanning ahamiyatli jihati shundan iboratki, u bo'lg'usi  yosh olimlarning  kelgusida tibbiyot sohasida jiddiy ilmiy tadqiqotlar olib borishiga ham rag'bat uyg'otadi, ham zamin hozirlaydi.

Gulchehra MIRZAEVA,

Toshkent tibbiyot akademiyasi matbuot kotibi