“Energetika xavfsizligi“ oyligi doirasida “Oʻzenergoinspeksiya” Toshkent shahar hududiy boshqarmasi tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbirda Yashnobod tumanida joylashgan «K.I.« MCHJ masʼullari elektr hisoblagichga tashqi taʼsir koʻrsatib, elektr energiyasidan noqonuniy foydalanganligi aniqlandi.
Maʼlumotlarga koʻra, ushbu MCHJ elektr taʼminoti korxonasiga 7 mlrd 528 mln soʻmlik zarar yetkazgan.