Anjumanni Oʻzbekiston Prezidentining Afgʻoniston boʻyicha maxsus vakili Ismatulla Irgashev kirish nutqi bilan ochdi.

Uchrashuvda Eron, Xitoy, Pokiston, Rossiya, Tojikiston, Turkmaniston va Oʻzbekiston delegatsiyalari Afgʻonistondagi mavjud vaziyat, mamlakatdagi vaziyatni tartibga solish va uzoq muddatli tinchlik hamda barqarorlikni oʻrnatish boʻyicha tomonlarning oʻzaro hamkorligi, shuningdek, afgʻon xalqiga gumanitar yordam koʻrsatish masalalarini muhokama qiladilar.

Ishtirokchilar Afgʻonistonga qoʻshni davlatlar maxsus vakillarining ikkinchi uchrashuvi oʻtkaziladigan joy va vaqtini belgilaydi hamda Afgʻonistonga qoʻshni davlatlar TIV rahbarlarining Toshkent shahrida oʻtkaziladigan 4-uchrashuvini oʻtkazish muddati yuzasidan fikr almashadilar.