Toshkentda aholiga bepul osh tarqatiladi

    12-16 yanvar kunlari to'yxonalarda bepul osh tarqatish yo'lga qo'yiladi.

    Toshkentda kuzatilayotgan sovuq ob-havo sababli 12-16 yanvar kunlari Toshkent shahar hokimligi tomonidan aholiga to'yxonalarda bepul osh tarqatish yo'lga qo'yiladi.

    Poytaxtdagi to'yxonalarda tashkil etiladigan bepul oshga egulikka muhtoj aholi qatlami, kam ta'minlangan oilalar, Uy-joy kommunal xizmat ko'rsatish sohasi, Obodonlashtirish boshqarmasi hamda Yo'l harakati xavfsizligi xodimlari tashrif buyurishi mumkin.