Bu tizim koʻp yillar davomida shaharning suv taqsimotini taʼminlab, qulay mikroiqlim yaratib kelgan, deyiladi hokimlik matbuot xizmati xabarida.
Qayd etilishicha, Toshkent shahar hokimligi Kanallardan foydalanish va ularga tutash hududlarni obodonlashtirish boshqarmasi bilan hamkorlikda ariqlarni bosqichma-bosqich tiklash va zamonaviylashtirish rejasini ishlab chiqmoqda.
Loyiha doirasida mavjud oʻzanlarni tozalash va taʼmirlash ishlari olib boriladi. Ariqlarning shikastlangan qismlarni tiklanadi. Ariqlar atrofdagi hududlarda tartib oʻrnatilib, kelajakda muntazam foydalanish uchun sharoit yaratiladi.
Ishning asosiy maqsadi — vaqt sinovidan oʻtgan usullarga tayanib, suv chiqarish va sugʻorish samaradorligini oshirish, changlanishni kamaytirish hamda shahar atrof-muhitining ekologik holatini yaxshilashdan iborat.
2026-yil bahorida boshlanishi moʻljallangan ushbu loyiha poytaxt infratuzilmasini rivojlantirish va aholining turmush sharoitlarini yaxshilash boʻyicha olib borilayotgan tizimli ishlarning bir qismi boʻladi.








