Toshkent shahrida avtobusning yengil transportga nisbatan samaradorligi 135 barobarni tashkil etadi. Bu haqda Transport vazirligi maʼlum qildi.
Tahlillarga koʻra, poytaxtda bitta yengil avtotransport vositasida bir kunda oʻrtacha 4,3 nafar yoʻlovchi, bitta avtobusda esa oʻrtacha 580 nafar yoʻlovchi tashilmoqda.
Oʻtkazilgan transport makromodeli tahlillariga koʻra poytaxtdagi mobil aholining kunlik harakatlanish (qatnov) soni oʻrtacha 9 millionni tashkil etib, shundan 6 million qatnov transportda amalga oshiriladi.
Transportda amalga oshirilayotgan qatnovlarning 1,7 milliontasi (28 foiz) jamoat transporti, 4,3 milliontasi yengil avtotransport hissasiga toʻgʻri kelmoqda.