баннер
2 Mar 2025
11:54

    Toshkentda avtobus haydovchilari bugun milliy doʻppi kiygan holda yoʻlovchilarga xizmat koʻrsatmoqda

    Shu yilning 21-yanvar kuni, Toshkent shahar hokimining “Toshkent shahrida milliylikni keng targʻib qilishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida“gi qarori qabul qilin edi.

    Qayd etilishicha, mazkur qarorga asosan, “Toshshahartransxizmat“ AJ tomonidan haftaning har juma kuni “Milliy liboslar kuni“ etib belgilandi.

    Shuningdek, avtobusda harakatlanayotgan yoʻlovchilarga milliy qadriyatlarimizni targʻib qilish maqsadida, “Toshshahartransxizmat“ AJ tasarrufidagi “8-Avtobus saroyi“ filialiga biriktirilgan 67-sonli “Yunusobob mavzesi 19-daha — Xalqaro havo yoʻllari aeroporti-2” va 91-sonli “Yunusobod mavzesi 15-daha ASHB — Koʻkcha masjidi“ yoʻnalishlarida harakatlanuvchi avtobus haydovchilari bugun oʻz faoliyatlarini oʻzbek milliy doʻppisini kiygan holda boshlab yoʻlovchilarga xizmat koʻrsatmoqda.

    Ushbu tadbir orqali milliyligimizni keng targʻib qilish va fuqarolarimizga namuna koʻrsatish maqsad qilingan, — deyiladi xabarda.

    Telegram kanalimiz
    Text to speech