Bu haqda Toshkent shahar IIBB YHXB axborot xizmati xabar berdi.
Shu yilning 7 oktyabr kuni kech soat 22:10 larda Uchtepa tumani Lutfiy koʻchasida haydovchi 2000-yilda tugʻilgan I.I. boshqaruvidagi “Nexia-3” rusumli avtomashinasi; haydovchi (ayol) 1990-yilda tugʻilgan A.X. boshqaruvidagi “Lacetti” rusumli avtomashinasi; haydovchi 1984-yilda tugʻilgan J.B. boshqaruvidagi “Lacetti” rusumli transport vositasi; haydovchi 1994-yilda tugʻilgan A.A. boshqaruvidagi “Spark” rusumli transport vositasi; haydovchi 1976-yilda tugʻilgan X.H. boshqaruvidagi “Yutong” rusumli transport vositalari toʻqnashishi oqibatida yoʻl transport hodisasi sodir boʻldi.
YTH oqibatida tan jarohat olganlar yoʻq.
Barcha haydovchilardan belgilangan yoʻl harakati qoidalarga amal qilishlarini hamda tezlikni belgilangan meʼyorlardan oshirmasliklarini soʻraymiz, — deyiladi xabarda.