Toshkent shahar IIBB YHXB axborot xizmatining xabar berishicha, hodisa shu yilning 08-fevral kuni soat tongi 07:15 larda Yunusobod tumani TXAY koʻchasida sodir boʻlgan.

Maʼlumotlarga koʻra, 1983-yilda tugʻilgan haydovchi A.S. boshqaruvidagi “BYD” hamda 1992-yilda tugʻilgan haydovchi S.A. boshqaruvida boʻlgan “Yutong” rusumli avtobusi oʻzaro toʻqnashgan.

Hozirda hodisa yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB masʼul xodimlari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.