Qorasuv-1 — Yunusobod yoʻnalishida harakatlanuvchi avtobus Yangi Oʻzbekiston bogʻi yaqinidagi avtobus parkidan chiqishda, qarama-qarshi yoʻnalishda kelayotgan Tracker bilan toʻqnashib ketdi.

Mazkur hodisa yuzasidan “Toshshahartransxizmat” tezkor maʼlumot taqdim etdi.

Maʼlum qilinishicha, bu holat bugun, 29-fevral kuni soat 06:45 larda sodir boʻlgan.

Qarama-qarshi yoʻnalishda harakatlanib kelayotgan “Tracker” rusumli yengil avtomobil yuqori (197 km/soat) tezlikda kelib, avtobus bilan urilgan.

Yoʻl-transport hodisasi vaqtida avtobus salonida yoʻlovchilar boʻlmagan. “Tracker” avtomobili haydovchisi tan jarohati olgan va tez tibbiy yordam koʻrsatish uchun shifoxonaga olib ketilgan.

YTH Toshkent shahar IIBB YHXB xodimlari tomonidan rasmiylashtirilib, tergov-surishtiruv ishlari olib borilmoqda.