баннер
18 Fev 2025
11:54

    Toshkentda avtobus yoʻlni ajratib turuvchi beton toʻsiqqa borib urildi

    Yoʻl transport hodisasi oqibatida tan jarohat olganlar yoʻq.

    Toshkent shahar IIBB YHXBning xabar berishicha, holat shu yilning yilning 28-yanvar kuni soat 23:00 larda Toshkent shahrining Mirobod tumani Shahrisabz koʻchasida sodir boʻlgan.

    Maʼlumotlarga koʻra, haydovchi 1976-yilda tugʻilgan M.I. “King Long” rusumli avtobusini boshqarib ketayotib, rul boshqaruvini yoʻqotishi oqibatida yoʻlni ajratib turuvchi beton toʻsiqqa borib urilgan.

    Hozirda mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB masʼul xodimlari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
    Telegram kanalimiz
    Text to speech