Toshkentda avtobus va yuk avtomobili ishtirokida avariya sodir bo'lgan

    Dastabki ma'lumotga ko'ra, ushbu YTH natijasida 3 nafar avtobus yo'lovchisi engil tan jarohati olgan, avtobus va yuk avtomobili texnik shikastlangan. 

    Bugun 29 noyabr kuni soat 06:50 larda, Toshkent shahar YAngihayot tumanida 132-sonli yo'nalishda harakatlanayotgan «Mercedes-Benz» avtobusi haydovchisi A.S. Binokor ko'chasi bo'ylab «Toshkent» MFY tomonga harakatlanish uchun orqaga qayrilayotgan vaqtda YTH sodir bo'lgan.

    «Toshshahartransxizmat» xabariga ko'ra, avtobusga Binokor ko'chasining qarama-qarshi tomonidan harakatlanib kelayotgan «MAN» rusumli yuk avtomobili kelib urilgan.

    Dastabki ma'lumotga ko'ra, ushbu YTH natijasida 3 nafar avtobus yo'lovchisi engil tan jarohati olgan, avtobus va yuk avtomobili texnik shikastlangan.