Bugun 29 noyabr kuni soat 06:50 larda, Toshkent shahar YAngihayot tumanida 132-sonli yo'nalishda harakatlanayotgan «Mercedes-Benz»  avtobusi haydovchisi A.S. Binokor ko'chasi bo'ylab «Toshkent» MFY tomonga harakatlanish uchun orqaga qayrilayotgan vaqtda YTH sodir bo'lgan.

«Toshshahartransxizmat» xabariga ko'ra, avtobusga Binokor ko'chasining qarama-qarshi tomonidan harakatlanib kelayotgan «MAN» rusumli yuk avtomobili kelib urilgan. 

Dastabki ma'lumotga ko'ra, ushbu YTH natijasida 3 nafar avtobus yo'lovchisi engil tan jarohati olgan, avtobus va yuk avtomobili texnik shikastlangan.