Qayd etilishicha, 2001-yilda tug‘ilgan A.S. Chilonzor tumani IIO FMBga ariza bilan murojaat qilib, unga tegishli bo‘lgan Gentra rusumli avtomashinasining old haydovchi yon oynasi sindirilgani va avtomashina ichida bo‘lgan 500 ming so‘mlik soati o‘g‘irlanganini maʼlum qilgan.
Shu kuni 1995-yilda tug‘ilgan R.X.ga tegishli bo‘lgan Cobalt rusumli, 1977 yilda tug‘ilgan Ye.B.ga tegishli Spark rusumli transport vositalarining old haydovchi yon oynasi sindirilgani, lekin avtomashinadan hech narsa yo‘qolmagani aniqlangan.
Mazkur holatlar yuzasidan Chilonzor tumani IIO FMB Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi (“O‘g‘rilik”) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Tergov harakatlari davom etmoqda.