Bu haqda Toshkent shahar IIBB YHXB matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha shu yilning 15-iyul kuni tungi soat 00:00 dan boshlab poytaxtimizning Mirzo Ulugʻbek tumanidagi quyida keltirilgan koʻchalarida qurilish-taʼmirlash ishlari olib borilishi sababli transport vositalarining harakati cheklanadi.
Temur Malik-Bogʻishamol koʻchalari chorrahasidan Temur Malik koʻchasi boʻylab, Temur Malik-Sultoniya koʻchalari chorrahasigacha.
Temur Malik-Buyuk Ipak yoʻli koʻchalari chorrahasidan Buyuk Ipak yoʻli koʻchasi boʻylab, Buyuk Ipak yoʻli-Shukur Burhonov koʻchalari chorrahasigacha.
Yurtdoshlarimizdan yuzaga kelgan noqulayliklar uchun uzr soʻragan holda, aylanma yoʻllardan foydalanishlarini soʻrab qolamiz, — deyiladi xabarda.