Yoshlar uchun “Toshkentda besh tashabbus” tadbirlari oʻtkazilishi munosabat bilan joriy yilning 21-may kunidan 25-may kuniga qadar soat 06:00 dan 00:00 gacha quyidagi koʻchalarda avtotransport vositalarining harakati cheklanadi:

– Buyuk Turon koʻchasining A.Navoiy va Matbuotchilar koʻchalari oraligʻidagi qismi;

– Zarafshon koʻchasining A.Navoiy va Matbuotchilar koʻchalari oraligʻidagi qismi;

– Istiqlol koʻchasining Buyuk Turon koʻchasi va Amir Temur shoh koʻchasi oraligʻidagi qismi;

– Mustaqillik shoh koʻchasining Zarafshon koʻchasi va Amir Temur xiyoboni oraligʻidagi qismi.