Bu haqda Chiqindilarni boshqarish va sirkulyar iqtisodiyotni rivojlantirish agentligi axborot xizmati maʼlum qildi.

Taʼkidlanishicha, 2025-yilda Toshkent shahrida 1,1 million tonna chiqindi yigʻib olingan.

Hozirgi kunda poytaxtda chiqindi boʻyicha abonentlar soni 755 mingtani tashkil etadi. Toshkent aholisining koʻrsatilgan xizmatlar uchun hisoblangan qarzdorligi 19 mlrd 919 mln soʻmdan iborat.

Tahlillarga koʻra, bir kunda Toshkentda 3000−3500 tonna chiqindi yigʻib olinadi. Uning 0,1 foizi, yaʼni 3−3,5 tonnasi non va oziq-ovqat mahsulotlari hisoblanadi.

“Agentlik tomonidan olib borilgan tashviqot-targʻibot ishlari natijasida hozirgi vaqtda non va oziq-ovqat mahsulotlarining chiqindi sifatida tashlanishi ancha kamaygan. Ular uchun hamma chiqindi yigʻish shaxobchalariga alohida konteynerlar qoʻyilgan. Aholi tomonidan bir kunda olib chiqiladigan jami chiqindi miqdorining 0,1 foizini non va oziq-ovqat mahsulotlari tashkil qiladi”, — deyiladi agentlik axborotida.