Chiqindi yigʻish shoxobchalarining 71 foizi Toshkent shahar maxsustrans ishlab chiqarish boshqarmasiga, qolgan 29 foizi esa xususiy xizmat koʻrsatish shoxobchalariga tegishli.
Shahar boʻyicha 1000 ta chiqindi shoxobchasining har biridan kuniga 2-3 kilogrammdan jami 2 tonnaga yaqin non chiqindiga olib chiqib tashlanadi. Ishchilar bu nonlarning yaxshilarini mol-qoʻy boqadigan odamlarga berib yuborishadi. Mogʻorlaganlarini esa ariqqa oqizishga majbur boʻlishadi.
Bu haqda OʻzAga Toshkent shahar maxsustrans ishlab chiqarish boshqarmasi maslahatchisi Ismoil Sagdullayev maʼlumot berdi.