Eʼtiborlisi, ishtirokchilarning 64 nafarini ayollar tashkil etmoqda. Bu esa Oʻzbekistonda ayollar boksi ham tobora ommalashib borayotganidan darak beradi. Qolaversa, ayollar boksini rivojlantirish – bu Parij-2024-yozgi Olimpiya oʻyinlari tashkilotchilarining eng ustuvor talablaridan biridir.
Darvoqe, boks boʻyicha Oʻzbekiston chempionatida ilk marotaba xorijdan 8 nafar neytral hakam ham faoliyat olib bormoqda.
Kecha “Universal” sport saroyida musobaqaning tantanali ochilish marosimi boʻlib oʻtdi. Unda Oʻzbekiston Milliy olimpiya qoʻmitasi raisining oʻrinbosari, oʻrinbosari, mamlakat boks federatsiyasi raisining birinchi oʻrinbosari Saken Polatov, Milliy olimpiya qoʻmitasi Bosh kotibi Oybek Kasimov va boshqalar ishtirok etishdi.
"Eslatib oʻtamiz, boks boʻyicha Oʻzbekiston chempionati 14-dekabrga qadar davom etadi", deyiladi xabarda.