Mazkur holat yuzasidan poytaxt IIBB maʼlumot berdi.

Qayd etilishicha, 2024-yil avgust oyida 1997-yilda tugʻilgan Sh.R 1999-yilda tugʻilgan Sh.A ga kuyov boʻlishni aytib, uning ishonchiga kirgan. Biroq toʻydan avval muammolari borligi uchun uning uyini garovga qoʻyib turishni, muammolari hal boʻlgach unga uylanishini aytib, aldov yoʻli bilan boshqa fuqaroga 240 000 AQSH dollariga sotib yuborgan.

Mazkur holat yuzasidan Sh.R. ga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 4-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, qamoq ehtiyot chorasi tanlangan. Toshkent shahar IIBB huzuridagi Tergov boshqarmasi tomonidan olib borilgan dastlabki tergov jarayonida fuqaro Sh.R. bundan tashqari boshqa fuqarolarga nisbatan ham bir nechta firibgarlik holatlarini sodir etgani aniqlangan.

Barcha holatlar yuzasidan tergov harakatlari toʻliq va xolisona olib borilib, tergov yakuni boʻyicha toʻplangan hujjatlar qonuniy chora koʻrishlik uchun ayblov xulosasi bilan jinoyat ishlari boʻyicha Mirzo Ulugʻbek tuman sudiga yuborilgan. Hozirda mazkur jinoyat ishi doirasida sud jarayonlari olib borilmoqda.