Toshkentda boshqaruvni yoʻqotgan “Nexia-3” agʻdarilib ketdi

    Holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB masʼul xodimlari tomonidan oʻrnatilgan tartibda yoʻl transport hodisasi rasmiylashtirilgan.

    Toshkent shahar IIBB YHXB axborot xizmatining xabar berishicha, shu yilning 7-noyabr kuni soat 15.30 larda Yunusobod tumani Ahmad Donish koʻchasida haydovchi 2001-yilda tugʻilgan Ya.M. oʻz boshqaruvida boʻlgan “Nexia-3” rusumli avtomashinasini boshqarib kelayotib rul boshqaruvini yoʻqotishi oqibatida, yoʻlni ajratib turuvchi beton toʻsiqqa urilib agʻdarilib ketdi.

    Maʼlumotlarga koʻra, YTH oqibatida tan jarohat olganlar yoʻq.

    Barcha haydovchilardan belgilangan qoidalarga amal qilishlarini hamda oraliq masofani saqlab tezlikni oshirmasdan harakatlanishlarini soʻraymiz, — deyiladi xabarda.