Holat boʻyicha Toshkent shahar IIBB maʼlumot berdi.

Qayd etilishicha, shu yilning 19-sentyabr kuni soat taxminan 13:45 larda Sergeli tumani, Fayzli Toshkent koʻchasida, haydovchi 1983-yilda tugʻilgan M.A. BYD rusumli, davlat raqam belgisi 01 444 VFA boʻlgan avtomashinada harakatlanib, piyodani urib yubordi.

Yoʻl-transport hodisasi oqibatida voyaga yetmagan 2015-yilda tugʻilgan L.S. olgan tan jarohatlari sababli kasalxonaga olib borilgan vaqtda vafot etdi.

Hozirda mazkur holat yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi (“Transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish”) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.