Toshkentda “Chilonzor” metro bekati yaqinidagi koʻcha vaqtincha yopiladi

    Toshkent shahri, Chilonzor tumanidagi Farhod koʻchasining bir qismi 10 kun muddatga yopiladi.

    Bu haqda tuman hokimligi xabar berdi.

    Koʻchaning Shuhrat chorrahasidan “Chilonzor” metro bekati chorrahasiga qadar qismi 18-avgustdan 30-avgustgacha transport vositalari harakati uchun yopiladi.

    Qayd qilinishicha, bu paytda issiqlik tarmoqlari quvurlarini yangisiga almashtirish ishlari olib boriladi.