Bu haqda tuman hokimligi xabar berdi.

Koʻchaning Shuhrat chorrahasidan “Chilonzor” metro bekati chorrahasiga qadar qismi 18-avgustdan 30-avgustgacha transport vositalari harakati uchun yopiladi.

Qayd qilinishicha, bu paytda issiqlik tarmoqlari quvurlarini yangisiga almashtirish ishlari olib boriladi.