Holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB axborot xizmati maʼlumot berdi.

Qayd etilishicha shu yilning 3-oktyabr kuni soat 19:40 larda Chilonzor tumani Doʻmbirobod koʻchasi 128-uy qarshisida haydovchi 2000-yilda tugʻilgan Z.N. boshqaruvida boʻlgan “Changan” rusumli transport vositasi va haydovchi 1994-yilda tugʻilgan A.A. boshqaruvida boʻlgan Cobalt rusumli transport vositalari toʻqnashishi oqibatida yoʻl transport hodisasi sodir boʻldi.

Hozirda mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB masʼul xodimlari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.