Qayd etilishicha, YTH oqibatida haydovchi olgan tan jarohatlari tufayli shifoxonaga olib ketilgan.
Maʼlumotlarga koʻra, shu yilning 15-noyabr kuni tungi soat 22:00 larda Toshkent shahrining Mirzo Ulugʻbek tumani Ulugʻ Gʻulomov koʻchasi 8/1-uy qarshisida haydovchi 1988-yilda tugʻilgan D.A. “Cobalt” rusumli avtotransport vositasini boshqarib ketayotib, rul boshqaruvini yoʻqotib, yoʻl chetidagi daraxtga toʻqnashishi oqibatida yoʻl transport hodisasi sodir boʻlgan.