Bu haqda Toshkent shahar IIBB YHXB axborot xizmati xabar berdi.

Shu yilning 3-sentyabr kuni kech soat 21:00 larda Mirobod tumani Fargʻona yoʻli koʻchasida Cobalt rusumli transport vositasi haydovchisi 2002-yilda tugʻilgan S.X. harakat vaqtida rul boshqaruvini yoʻqotib yoritgich ustunlariga toʻqnashib yoʻl transport hodisasini sodir boʻlgan.

YTH oqibatida avtomashinada yongʻin kelib chiqqan.

Yongʻin tuman FVB xodimlari tomonidan bartaraf etilgan.

Yongʻin natijasida tan jarohati olganlar yoʻq.

Mazkur hodisa yuzasidan YHXB hamda FVB xodimlari tomonidan surishtiruv olib borilib, yongʻin yuzaga kelishining sabablari va zarar miqdoriga aniqlik kiritilmoqda.