Mazkur manzilda tadbirkor hududni o'rab olish ishlarini boshlagan vaqtida “Ko'tarma” mahallasida faoliyat olib boruvchi Chilonzor tumani IIO FMB 1-son bo'limi profilaktika katta inspektori kapitan Qudabaev Azimjon Yakubjanovich vaziyatga to'g'ri baho bergan holda jarayonni o'z vaqtida to'xtatib qoldi.
Mahalla nozirining bu harakatlari tuman hokimligi, aholi hamda ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilarining e'tirofiga sazovor bo'ldi.
Shu sababli bugun Chilonzor tumani hokimi S.Xolxo'jaev va sektor rahbarlari tomonidan ushbu xodimning o'z kasbiga sadoqatli mehnati uchun minnatdorchilik bildirildi va munosib taqdirlandi.
