Xalqaro konferensiya Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi hamda Yevropa Kengashining Huquq orqali demokratiya uchun Yevropa komissiyasi (Venetsiya komissiyasi) bilan hamkorlikda tashkil etilmoqda.
Konferensiya Yevropa Ittifoqi va Yevropa Kengashining “2020—2023-yillarga moʻljallangan Markaziy Osiyoda qonun ustuvorligi” dasturida nazarda tutilgan boʻlib, uning doirasida Adliya vazirligi boshqa hamkorlar bilan birgalikda Oʻzbekistonda qonun ustuvorligini mustahkamlashda faol ishtirok etmoqda.