Qayd etilishicha, universitetda oʻqitish oʻzbek, rus hamda ingliz tillarida taʼlimning kunduzgi, masofaviy (onlayn) va kechki shakllarida, kredit tizimiga asoslangan holda amalga oshiriladi.
Universitetda quyidagi yoʻnalishlarda pedagogik faoliyat joriy qilinadi:
- Iqtisodiyot;
- Axborot texnologiyalari;
- Huquqshunoslik;
- Xalqaro munosabatlar.
Taʼkidlanishicha, oʻquv dasturining maʼlum talablari va shartlarini bajargan Talaba, universitetni tugatgach ikkita mutaxassislik (double major) yoki asosiy va turdosh mutaxassislik (major + minor) boʻyicha diplom olishi mumkin.
Universitet Toshkent shahrining Matbuotchilar, Sayilgoh va Ota Turk koʻchalari kesishmasida joylashgan binoda faoliyat boshlashi koʻzda tutilmoqda.