Nosozlik oqibatida Toshkent shahrining Yunusobod va Olmazor tumanlari, shuningdek, Toshkent viloyatining Toshkent tumani isteʼmolchilarining bir qismida elektr taʼminotida uzilish kuzatilmoqda.
Hozirgi vaqtda nosozlikni bartaraf etib, tarmoqni ishga tushirish choralari koʻrilmoqda.
Vazirlik keltirilgan noqulayliklar uchun isteʼmolchilardan uzr soʻradi.