FVV axborot xizmatining maʼlumot berishicha, bu haqda Toshkent shahar favqulodda vaziyatlar boshqarmasiga soat 14:56 da xabar kelib tushgan.
Xabarga asosan 4 ta Yongʻin qutqaruv ekipajlari yongʻinga soat 15:01 da yetib borib, soat 15:05 da yongʻin toʻliq oʻrab olinib, soat 15:12 da batamom oʻchirildi.
Yongʻin natijasida tan jarohati olgan va vafot etgan fuqarolar yoʻq. Ayni vaqtda yongʻinning kelib chiqish sababi va zarar miqdori oʻrganilmoqda.
Shu oʻrinda Favqulodda vaziyatlar vazirligi fuqarolardan yongʻin xavfsizligi qoidalariga rioya etishlarini soʻrab qoladi.