Maʼlum qilinishicha, yangi turdagi bekatlar 2 xil oʻlchamda ishlab chiqariladi. Ulardan biri 3,2 metr, ikkinchisi esa 6,50 metr uzunlikda boʻladi.
Bekatlar mahalliy ishlab chiqaruvchi tomonidan tayyorlanmoqda. Ularda zamonaviy multimedia tizimlari va tezkor chaqiruv tugmalari mavjud boʻladi.
Moslamaning 80 foizi qismi metalldan tayyorlanadi. Shuningdek, 10 foizi qismi plastik, 30 foizi esa oynadan boʻladi. Oʻrindiqlar yogʻochdan tayyorlanishi aytib oʻtilgan.
Bekatdagi oyna -25 daraja sovuq hamda +60 daraja issiqqa bardosh bera oladi. Oyna chidamliligini oshirish uchun 800 daraja haroratda toblanadi. Uning qalinligi 12 mm.
Qurilmaga tezkor chaqiruv xizmati uchun tugma oʻrnatilmoqda. Bu orqali ichki ishlar organlariga murojaat qilish mumkin. Shu bilan birga, videokuzatuv kamerasi oʻrnatiladi.