Fransiyalik hamkorlar mamlaktimizda amalga oshirilayotgan ijobiy islohotlarga katta qiziqish bilan qarashmoqda. Bugun O'zbekistonda Fransiyaning ko'plab yirik kompaniyalari faoliyat olib bormoqda. Ular orasida “Airbus”, “Total Eren”, “Orano”, “Suez”, “Veolia”, “Renault”, “Carrefour” va boshqalar bor.

Kecha Toshkent shahrida Fransiyaning “Schiever” kompaniyasi tarkibidagi chakana savdoga ixtisoslashgan “bi1” do'konlarining ochilish marosimi bo'lib o'tdi. Unda O'zbekistonning Frantsiyadagi elchisi Sardor Rustamboev, Fransiyaning Toshkentdagi elchisi Oreliya Bushez va «Schiever» kompaniyasi prezidenti Vinsent Pik hozir bo'ldi. Marosimda, shuningdek, Toshkent shahar va Chilonzor tuman hokimliklari vakillari ham ishtirok etdi.

O'zbekistonning Fransiyadagi elchisi mazkur loyiha mamlakatimiz rahbarining chet elda istiqomat qiluvchi hamyurtlarimizga e'tiboridan ruhlangan, Fransiyada istiqomat qilayotgan vatandoshimizning sa'y-harakatlari natijasida amalga oshirilganini ma'lum qildi.

Aytib o'tish joizki, “bi1” chakana savdo do'konlari Evropa sifati andozalari asosida ish olib boradi. Ushbu tarmoq mahalliy ishlab chiqaruvchilarga mahsulot sifatini xalqaro standartlar asosida  etkazish, shuningdek, mahalliy brendlarni rivojlantirish imkonini ham beradi. eng muhimi, “bi1” do'konlari mahalliy aholiga arzonligi bilan qulaylik yaratishi barobarida ish bilan ta'minlash manbalaridan biri bo'ladi.