Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Mirobod tumani boʻlimi tomonidan oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvda fuqarolar S.V. U.D. va A.I. oʻzaro til biriktirib tijorat banki filialidan A.I.ga avtotransport vositasini sotib olish uchun ajratilgan kredit mablagʻi evaziga xarid qilingan “Lixiang L9 Max” rusumli avtotransport vositasini garovga taqdim etmasdan boshqa bir fuqaro A.Z.ga sotib yuborishib, bank manfaatlariga 587,4 mln soʻm zarar yetkazganliklari aniqlangan.