Ushbu holat yuzasidan Toshkent shahar Hokimligi Matbuot xizmati izoh berdi.
Bugun, 3-mart kuni, Qoraqamish mavzesining 2/4-kvartalida yashovchi 1966-yilda tug‘ilgan L.U. vafot etdi. O‘lim sababi — o‘tkir yurak-qon tomir yetishmovchiligi.
"Tarqalayotgan mish-mishlarning aksiga o‘laroq, hech qanday itlar hujumi sodir bo‘lmagan. Shahar aholisini vahimaga tushmaslikka va noto‘g‘ri ma’lumotlarni tarqatmaslikka chaqiramiz," - deyiladi xabarda.