Qayd etilishicha, shu yilning 29-may kuni taxminan soat 21.00 larda Shayxontohur tumani, “Jar“ oʻyingohida “Likesup“ loyihasi doirasida sanʼatkorlar va blogerlar oʻrtasida futbol boʻyicha oʻrtoqlik uchrashuvi boʻlib oʻtgan.
Maʼlumotlarga koʻra, oʻyin yakunlanganidan soʻng, 2004-yilda tugʻilgan O.Oʻ. ijtimoiy tarmoqlarda obunachilarini koʻpaytirish va ushbu oʻyinga ommani eʼtiborni yanada koʻproq jalb qilish (piar) maqsadida goʻyoki jamoalar oʻrtasida janjal kelib chiqqanligini sahnalashtirishgan.
Mazkur holat yuzasidan Shayxontohur tumani IIO FMB tomonidan tekshiruv oʻtkazilib, turnir ishtirokchilari bilan profilaktik suhbat oʻtkazilgan. “Likesup“ loyihasi doirasida yuz bergan yuqoridagi holat jamoatchilik oʻrtasida keskin eʼtirozlar keltirib chiqqanligi va huquqbuzarlik sodir etilishiga sabab boʻlganligi uchun loyiha vaqtincha toʻxtatilgan.
Hozirda mazkur holat yuzasidan loyiha tashkilotchilari, ushbu janjalni sahnalashtirganlar va unda ishtirok etganlarning barchasining shaxsi aniqlanib, ularga nisbatan Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksning tegishli moddalari bilan maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtirilib, toʻplangan hujjatlar qonuniy chora koʻrishlik uchun jinoyat ishlari boʻyicha Shayxontohur tumani sudiga yuborilgan.